8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

02:58 / 11.07.2019 6921

Siyosiy islohotlar nega kerak? 

Foto: Reuters

Iroq, Liviya, Suriya va Yaman maydonidagi nizolar yuzlab odamlarning o‘limiga, millionlab odamlarning yashash joylarini o‘zgartirishiga sabab bo‘ldi. Oxirgi 20 yil davomida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada (MENA) vujudga kelgan holatni baholash uchun muammoning ideologik va boshqa faktorlarini chuqur o‘rganish zarur. Bu to‘rtta davlatning iqtisodiy ziddiyatlari tahlili uchun urush jarayonidagi siyosiy-iqtisodiy holatini hisobga olish kerak.

Individ va guruhlarning iqtisodiy motivlari Iroq, Suriya, Liviya va Yaman ichki mojarolarni tushunishda asosiy kalit bo‘lib xizmat qiladi, shunga qaramay MENA ta'siri va doirasi inobatga olinishi lozim. Urush holati yuzaga kelib, rivojlanarkan davlatlarning milliy, mahalliy iqtisodiyoti ham integratsiyaga uchradi va o‘zgarishlarga yuz tutdi.

Iqtisodiy motivatsiyalar ayrim qurolli guruh a'zoligi va xulq-atvorining shakllanishida to‘ldiruvchi yoki alternativ izoh bo‘lishi mumkin. Negaki, ba'zi guruhlar iqtisodiy egalik uchun kurashsa, ba'zilari jon saqlash yoki hokimiyat nazoratini xohlaydi. Bu jarayonda ochko‘zlik va o‘zaro gina bir-biri bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketadiki, ularni farqlash ham qiyin bo‘ladi.

Garchi iqtisodiy vaziyat Iroq, Suriya, Liviya va Yamanda urush alangasini yoqmagan o‘lsa-da, ochiq kurash, mahalliy mojarolar va zo‘ravonlik kabilarning avj olishida hal qiluvchi rol o‘ynagani aniq.

Shunga qaramay, iqtisodiy barqarorlik siyosiy ma'murchilik va despotik hokimiyat boshqaruviga bog‘liq holda o‘zgarishi sir emas. Iqtisodchi Daron Ajyemo‘g‘lining “Mamlakatlar nega tanazzulga yuz tutadi” asarida ta'kidlanishicha, Meksika va AQSh chegarasida joylashgan Nogales shaharchasida yuzaga kelgan ikki xil iqtisodiy iqlim aynan demokratik bo‘lgan boshqaruv va uning aksiga bog‘liq.

“Bitta osmon, bir millat, bir xil geografiya va resurslar, faqat chegaraning bir tarafida odil sudlov, sifatli tibbiy xizmat va ishonchli banklar faoliyat yuritadi. Ikkinchi tomonda esa jinoyatchilik avj olgan, savodxonlik darajasiga havas qilib bo‘lmaydi”, deya qayd etgan muallif o‘z kitobida.

Siyosiy va ijtimoiy bo‘hronlar ko‘chasiga kirib qolgan mamlakatlar, avvalo, iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Ammo iqtisodiy yuklama keyinchalik Iroq, Suriya, Yaman va boshqa inqiroz ichida yashayotgan mamlakatlar kabi hududlarda o‘zga muammolarni magnitdek o‘ziga tortaveradi. Aynan iqtisodiy muammolarga yo‘liqmaslik yechimi siyosiy islohotlarni boshlash, hokimiyatda kuchlar taqsimotini balansda ushlashdir. Iqtisodiy boyliklarning xalq o‘rtasida teng taqsimlanishi uchun siyosiy hokimiyat bo‘linishi ham teng bo‘lishi talab etiladi.

Top