8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:00 / 11.07.2019 36027

Video: Farg‘ona vodiysida yangi gaz koni ochildi

Farg‘ona vodiysida «Chaqar» yangi gaz koni ochildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Chaqar» koni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida joylashgan. Shu yilning mart oyida mutaxassislar 2-quduqda burg‘ilash ishlarini boshlagandi.

10 iyul kuni esa 1710 metr chuqurlikda dastlabki tabiiy gaz oqimi olingan. Uning debiti bir kunga 300 ming kubometrgacha baholanmoqda.

Yaqin vaqtlar ichida gaz kondensatini o‘rganish, tarkibiy qismlarning parametrlarini aniqlashtirish, shuningdek yana ikkita quduqni burg‘ilash ishlarini boshlash rejalashtirilmoqda.

Top