11:10 / 11.07.2019
13966

Video: Mo‘ynoqdagi yangi konda tabiiy gazning ilk oqimi olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududidagi «Oraliq» konida tabiiy gazning ilk oqimi olindi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bu kondagi 1-qidiruv qudug‘i chuqurligi 3910 metrni tashkil etadi. Sinov ishlari natijalariga ko‘ra, quduqning kunlik gaz berish ko‘rsatkichi 700-800 ming kubometrga yetadi.

Kelgusida yangi zaxiralarni qidirish, gaz kondensati tarkibini aniqlash ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, mutaxassislar 2 va 3-qidiruv quduqlarida to‘liq geofizik tadqiqotlar o‘tkazib, burg‘ilash ishlarini boshlashadi.

Bundan avvalroq Ustyurt platosi hududida «Kushkair» konida yangi gaz zaxiralari aniqlangani xabar qilingandi.

Top