8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:35 / 11.07.2019 2791

Xitoyda avtobusning tosh ko‘chkisiga uchrashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi 

11 iyulda Xitoyning Sichuan provinsiyasida salonida 30 kishi bo‘lgan avtobus yuqori tezlikdagi trassada tosh ko‘chkisiga uchradi. Voqea oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi. 

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 14.05da avtobus 28 yo‘lovchi va 2 haydovchi bilan Sungchu uyezdidan Chendu shahriga ketayotganda yuz bergan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar guruhi yetib borgan. Biroq qurbonlardan qochishning iloji bo‘lmagan. Dastlab 4 kishi halok bo‘lgani va yana 4 kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilingan. Keyinroq qutqaruv operatsiyasi davomida katta tosh ostida 4 kishi o‘lik holda topilgan.

Top