8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:06 / 12.07.2019 2433

Abdulaziz Komilov Londonda Jyeremi Hant bilan uchrashdi

Foto: Sergey Pyatakov

2019 yilning 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining London shahrida o‘tkazilayotgan OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada ishtiroki doirasida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeremi Hant bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston – Britaniya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, joriy xalqaro kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashdilar, deyiladi TIV xabarida.

Ikki tomon aloqalarining butun kompleksini ilgari surishda muntazam uchrashuvlarning muhimligi e'tirof etildi. Shu nuqtai nazardan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish amaliyoti qo‘llab-quvvatlandi. Siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi iyun oyida London shahrida o‘tkazilgan edi.

Uchrashuvda aniq takliflar ko‘rib chiqildi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishdan tomonlarning birdek manfaatdorligi tasdiqlandi.

Britaniya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha tashabbuslarini yuqori baholadi hamda mamlakatning Afg‘oniston Islom Respublikasi ishtirokidagi mintaqaviy iqtisodiy va infratuzilma loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Top