13:00 / 12.07.2019
10067
Reklama

CRAFERS Chimkentda! Navbatdagi rasmiy do‘konning tantanali ochilishi

2019 yil 6 iyul kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida Crafers SWEET HOUSE rasmiy do‘konining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston aholisi ochilishni – «Haqiqiy shirinliksevarlar uchun jannat» deya, iliq va shodiyona kayfiyat bilan qarshi oldi. Rasmiy do‘konda shokoladdan to karamelgacha taqdim etilgan keng turdagi mahsulotlar assortimenti xaridorlarni yoqimli hayratga soldi.

Do‘kon quyidagi manzilda joylashgan: Chimkent shahri, Baurjan Momyshuly ko‘chasi, № 8 uy. Bugungi kunda ushbu do‘kon Crafers tarmog‘ining 47-do‘koni hisoblanadi.

Crafers qandolat fabrikasining ishlayotganiga ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, mahsulotlar O‘zbekiston aholisining yuragidan joy olishga, hamda qandolat mahsulotlari tarmog‘i bo‘yicha mamlakatimizni jahon miqyosida namoyon etishga ulgurdi. Hozirgi kunda fabrika o‘z mahsulotlarini Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, iyun oyidan boshlab esa Litva Respublikasiga eksport qilishni boshlagan.

Crafers o‘zining rasmiy do‘konlarida yoqimli muhit yaratib, yorqin rastalar, suratga tushish uchun maxsus joylar, barcha xohlovchilar uchun oldin mahsulotni tatib ko‘rib, keyin xarid qilish imkoniyatini beruvchi degustatsiya burchaklarini yaratdi. Xodimlar do‘konda o‘tkazgan har bir oningiz faqatgina yoqimli taassurotlarga to‘la o‘tishi uchun bor kuch-g‘ayratlarini ishga solib ishlaydilar. 

Fabrika direktori Azizxon Alisherovich Amilovning so‘zlariga ko‘ra – yangi do‘konning joylashish muhiti haqiqatdan ham qulay bo‘lib, interer kompaniyaning rasmiy ranglari bilan bezatilgan, do‘stona muhit esa xarid uchun yanada qulay imkoniyatlarni yaratmoqda. Crafers sifatli mahsulotlar takdim etib, barchaga xursandchilik kayfiyatini ulashishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulugbek tumani, Katta Darxon ko‘chasi, 9 uy.

Indeks: 100052

Aloqa uchun: +99871 207-7-207

Sayt: www.crafers.uz

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: fb.com/CrafersUz

Instagram: @crafersuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top