17:17 / 12.07.2019
21642

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Markaziy apparati va hududiy tizimlarida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

IIV xabariga ko‘ra, polkovnik Rustam Abdumajitovich Toshpo‘latov - O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Rustam Abdumajitovich Toshpo‘latov

Rustam Toshpo‘latov bu lavozimda biroz avvalroq Ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga aylangan polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov o‘rnida ish boshladi.

Eldor Mahmudovich Alkarov

Shuningdek, podpolkovnik Eldor Mahmudovich Alkarov - Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Olim Mardonovich Fayziyev

Podpolkovnik Olim Mardonovich Fayziyev esa Buxoro viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘iga aylangan.

Top