8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:56 / 12.07.2019 12658

Janubiy Koreya nega Samarqandga 1,1 million dollar grant ajratdi?

12 iyul kuni Samarqand shahridagi Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ochilgan KOICA kasb-hunarga o‘rgatish o‘quv markazida katta tadbir o‘tkazildi. Unda Janubiy Koreya Samarqanddagi ushbu markazni rivojlantirish uchun 1,1 million AQSh dollari miqdorida grand mablag‘i ajratgani e'lon qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari, Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) rasmiylari, Janubiy Koreyaning Keimyung College University prezidenti Seunxo Park va ushbu oliygoh talabalari qatnashishdi.

Tadbir davomida KOICAning Samarqanddagi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi. 1,1 million dollar miqdoridagi grand asosan startap g‘oyasiga ega tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi ma'lum bo‘ldi. Markaz yangicha g‘oya bilan murojaat qilgan tadbirkorlarga barcha sharoitlar bilan ta'minlangan ofisni bepul taqdim etadi. Shuningdek grand mablag‘lari KOICA o‘quv markazida yangi yo‘nalishlar ochish uchun ishlatiladi. Bu loyihalarning barchasi Samarqanddagi markazda tashkil qilinadigan «Samarqand startap biznes inkubator markazi»da birlashtiriladi.

Tadbir so‘ngida samarqandlik va koreyalik talabalar turli chiqishlarni namoyish qilishdi.

Top