8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:24 / 12.07.2019 3521

O‘zbekistonda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirish qoidalari o‘rnatilmoqda

Foto: Fotolia

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar tomonidan “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi 3-o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar bermoqda.

Qonun loyihasining maqsadi — ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir belgilangan talablarga rioya etilishini ta'minlash.

Hujjat loyihasi 4 bob va 21 moddadan iborat bo‘lib, qator asosiy tushunchalar kiritilgan. Jumladan, go‘dak, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, kichik yoshdagi bolalar, sun'iy oziqlantirish, qo‘shimcha ovqat mahsulotlari.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirish qoidalari o‘rnatilmoqda. 

Unga ko‘ra, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat muassasalari hamda tashkilotlarida, shuningdek avtovokzallar, aeroportlar va temir yo‘l vokzallarida, madaniy-ko‘ngilochar muassasalarda maxsus ajratilgan joylar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Top