00:06 / 12.07.2019
58017

O‘zbekistonda yangi telekanal faoliyat yurita boshlaydi

O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, joriy yilning 1 sentyabridan O‘zbekistonda yangi telekanal – “O‘zbekiston tarixi” tashkil etiladi.

Qaror bilan telekanalning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi. Unga ko‘ra, telekanalning asosiy vazifasi O‘zbekistonning ko‘hna va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ilmiy, madaniy va ma'naviy hissasi haqida mamlakatimiz aholisini, chet el jamoatchiligini keng ko‘lamda xabardor qilishdan iborat.

Yangi telekanal yuridik shaxs tashkil etishsiz “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi qoshida “UzHD” telekanali negizida HD formatida tashkil etiladi va respublikaning butun hududi bo‘ylab efirga uzatiladi.  

O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga yangi telekanalga doimiy asosda efirga chiqariluvchi materiallarni tayyorlashda ularning ishonchliligi va tarixiy voqealar va faktlarga mos kelishini ko‘rib chiqish yo‘li bilan ko‘mak ko‘rsatish hamda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini telekanalda yoritish uchun belgilangan tartibda taqdim qilish vazifasi topshirildi. 

Mavzuga oid
Top