8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:42 / 13.07.2019 7876

Afg‘onistonda mehmonxonaga hujum qilgan jangarilar yo‘q qilindi

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari Qal'ai-Nav shahrida mehmonxonaga hujum qilgan jangarilarni yo‘q qildi, deb xabar berdi Tolo News telekanali.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi vakilining ma'lum qilishcha, kuch ishlatish tuzilmalari uch jangarini yo‘q qilgan, yana ikki jangari qo‘lga olingan.

To‘qnashuv oqibatida xavfsizlik kuchlarining sakkiz nafar vakili halok bo‘lgan, yetti kishi yaralangan.

Avvalroq uch kishi halok bo‘lgani, 10 kishi jarohat olgani xabar qilingandi.

Top