8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

16:47 / 13.07.2019 4608

Andijon viloyati hokimi kommunal tizimdagi yangiliklar bo‘yicha aholi vakillari bilan muloqotlar o‘tkazmoqda 

 12 iyul kuni Andijon shahridagi 31-umumta'lim maktabida elektr energiya va tabiiy gaz narxining o‘zgarishining sabablarini aholiga tushuntirish maqsadida tuzilgan ishchi guruh faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

8 iyul kuni viloyat hokimligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda elektr energiya va tabiiy gaz narxining o‘zgarishini keng jamoatchilik bilan birgalikda har bir mahallaga borgan holda aholiga tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha shaharlar va tumanlarning 4 ta sektorlari rahbarlari boshchiligida ishchi guruh tashkil etilgan edi.

Topshiriqqa asosan, ushbu ishchi guruhlar har bir xonadonga kirib, aholi bilan uchrashib, elektr energiya va tabiiy gazni ishlab chiqarish uchun qancha mablag‘ sarflanishi, aholiga sotilishi hamda qo‘shni davlatlarda ularning bugungi narxlari qanchaligini asoslantirilgan tahlillar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuhratbek Abdurahmonov muloqot chog‘ida aholi vakillariga elektr va gaz tariflarigi o‘zgarishlar va ularning sabablari haqida batafsil tushuncha berib o‘tdi.

Bundan tashqari, mahalla ahlini qiynab kelayotgan muammolarni tinglab, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berdi.

Elmurod Ermatov, Andijon

Top