8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

22:53 / 13.07.2019 9443

Budapesht-2019. Ikkinchi kun: ikkinchi medal

Budapeshtda dzyudo Gran-pri turniri davom etmoqda. Bugun erkaklar -73, -81, qizlar -63, 70 kg vaznda tatamiga tushdi.

Turnirda qatnashayotgan o‘zbekistonlik dzyudochilardan Hikmatullo To‘rayev -73 kg vaznda bronza medalini va Olimpiya o‘yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi. Ushbu vaznda turnirda qatnashayotgan yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi G‘iyosjon Boboyev esa beshinchi o‘rin bilan kifoyalandi. U uchinchi o‘rin uchun kurashda aynan Hikmatullo To‘rayevga imkoniyatni boy berdi. Mazkur vaznda birinchi o‘rinni kosovolik G.Akil rossiyalik raqibi Georgiy Elbakiyevni mag‘lub etib qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinning yana bir egasi ozarboyjonlik Telman Valiyev bo‘ldi. U hal qiluvchi bahsda yaponiyalik tajribali dzyudochi Masashi Ebinumani taslim etdi.

-81 kg vaznli polvonlar bahslarida g‘oliblik gruzin Grigilashvili Tatoga nasib etdi. U finalda braziyalik J.Makidodan ustun kelgan. Shuningdek, uchinchi o‘rinlarga mezbon U.Attila va bolgariyalik I.Ivaylolar ega chiqishdi. Ushbu vaznda musobaqada qatnashgan ikki o‘zbekistonlik dzyudochilar: Sharofuddin Boltaboyev va Kamoliddin Rasulovlar to‘rtinchi davrada ishtiroklarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida -63 kg vaznda musobaqa g‘olibligini yaponiyalik Doi Masako ilib ketdi. Keyingi o‘rinlarni Kuadros Keytlen (Braziliya), Yang Junxia (Xitoy) va kubalik Del Toro Karvahal Maylinlar egallashdi.

-70kg vaznda kurashgan dzyudochi qizlar o‘rtasida g‘oliblikni AQSh vakilasi Hovell Gemma qo‘lga kiritgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlar M.Bernabeu, Telsidou Elizavet, Zupanchich Kelitalarga nasib etdi. Bu vaznda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Gulnoza Matniyozova uchinchi davrada bo‘lajak chempionga yutqazgan.

Ertaga musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vaznli polvonlar ishtiroklarini boshlaydi. Ma'lumot uchun, dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirida olimpiya o‘yinlari uchun qimmatli reyting ochkolari taqdim etiladi. Quyidagi jadvalda barcha turnirlar, jumladan Gran-pri ishtirokchilari va g‘oliblariga beriladigan reyting ballari ko‘rsatilgan.

Top