10:18 / 13.07.2019
13070

Chilonzorda o‘zaro janjal o‘limga sabab bo‘ldi

2019 yil 9 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 28 yoshli R.R. mast holda bo‘lgan Chilonzor tumani 3-dahada yashagan, muqaddam sudlangan 27 yoshli M.R.ning uyida o‘zaro janjal tufayli uni  pichoq bilan jarohatlagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada M.R. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.R. qo‘lga olingan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top