8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:43 / 13.07.2019 9905

G‘o‘za maydonlarida dronlar ilk bor sinovdan o‘tkazila boshlandi

O‘zbekistonda g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurashish uchun, biolaboratoriyalarida ko‘paytirilgan trixogramma va oltinko‘z entomofaglarini g‘o‘za maydonlariga tarqatish maqsadida ilk bor dronlardan foydalanish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent davlat agrar universitetining «Feysbuk»dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchilarining ilmiy ishlanmalari natijasi bo‘lgan dron ilk bor Bo‘ka tumanidagi «Yoqutxon» fermer xo‘jaligi paxta maydonida sinovdan o‘tkazilgan.

Mazkur dronlar ko‘sak qurtiga qarshi trixogramma tarqatish shuningdek, tarqatish me'yorlarini boshqarish va sovitish imkoniga ega.

Shu paytga qadar trixogramma qo‘lda tarqatilganda bitta xodim kun davomida bir gektarning 400 nuqtasiga, eng ko‘pi 4-5 ga g‘o‘za maydoniga tarqatishi mumkin bo‘lgan. Bu esa g‘o‘za ekini zararkunandalariga qarshi o‘z muddatida va sifatli qarshi kurash imkoniyatini keskin pasaytirgan. 

Yangi dronlar yordamida g‘o‘zaning bir gektar maydoniga entomofaglarni tarqatish uchun 9-10 daqiqa vaqt sarflanadi.

Ayni vaqtda ushbu uskunalar fermer xo‘jalik rahbarlari va mutaxassislar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda, deyiladi xabarda.

Top