19:16 / 13.07.2019
8987

MOQ o‘zbek xokkeyidagi tarixiy kun sanasini ma'lum qildi

Xabaringiz bor, xokkey bo‘yicha Toshkentning “Humo” klubi yangi mavsumni Rossiyaning Oliy xokkey ligasida o‘tkazadi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

Bugun mazkur musobaqaning taqvimidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlari ma'lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, “Humo” klubi dastlabki o‘yinni safarda 10 sentabr kuni Xitoyning “Tseng Tou” jamoasiga qarshi olib boradi. Toshkentda o‘tadigan ilk tarixiy o‘yin esa 26 sentabr kuniga belgilangan bo‘lib, unda Rossiyaning “Dinamo Tver” klubi mehmon bo‘ladi.  

Ma'lumot uchun, Oliy xokkey ligasida Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va bu mavsumdan e'tiboran O‘zbekistondan jami 32 jamoa ishtirok etadi. Unda klublar divizion va konferensiyalarga ajratilgan holda o‘yin o‘tkazishadi. Mazkur turnir maqomi bo‘yicha Kontinental xokkey ligasidan keyingi o‘rinni egallaydi.

Top