8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:35 / 13.07.2019 6879

Temurbeklar maktabiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tasarrufidagi Temurbeklar maktabiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Nomzodlar matematika, fizika, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini ta'lim shaklidan kelib chiqqan holda o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida topshirdilar.

Ma'lumot uchun aytib o‘tish joizki, Milliy gvardiya tasarrufidagi Temurbeklar maktabiga o‘qishga kirish uchun 900dan ortiq nomzod hujjatlarini topshirgan bo‘lib, bir o‘ringa 6ta nomzod to‘g‘ri keldi.

Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta'minlash, abituriyentlarning imtihon jarayonini erkin kuzatish imkonini yaratish, kutish vaqtida ota-onalarga yengilliklar tug‘dirish maqsadida mutasaddi tashkilotlar rahbariyati va Davlat test markazi tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.

Top