8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

12:00 / 14.07.2019 7629

Qabul jarayoni bo‘yicha eslatmalar: Abituriyentlar uchun yakshanba kuni ham qabul komissiyalari ishlamoqda

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z Telegram-kanalida qabul jarayonlari haqidagi ma'lumotlarni eslatdi.

  • Bugun, yakshanba kuni ham qabul komissiyalari faoliyat olib boradi. To‘lov qilish imkoniyati ham bor yoki onlayn to‘lang;
  • Qabul 15 iyulgacha (o‘sha kuni ham), uzaytirilgani yo‘q, mish-mishlarga ishonmang. Agar uzaytirilsa, albatta rasmiy xabar beriladi;
  • Qabul komissiyalari oxirgi abituriyent qolguncha (soat nechigacha bo‘lsa ham) faoliyat olib boradi, hech kim qolib ketmaydi;
  • Sirtqi uchun qabul - 15 iyulgacha (o‘sha kuni ham). 30 iyul deb adashmang;
  • Onlayn hujjat topshirish xizmati ham ishga tushdi. Bunda faqat 5 ta OTMni (TDYuU, FarDU, QDU, SamDU, GulDU) 1-yo‘nalish qilib tanlash shart. 2 va 3-yo‘nalishga istalgan OTMlarni tanlash mumkin, bunga cheklov yo‘q.

Xushnudbek Xudoyberdiyev onlayn hujjat topshirish haqida ayrim ma'lumotlarni keltirgan.

  • Shunchaki abituriyentlar pasport va diplomining seriyasi va raqamini, shaxsiy identifikatsiya raqamini (PIN FL) kiritsa kifoya, boshqa narsa kerak emas. Pasport va diplomlarning skaneri ham shart bo‘lmaydi, raqamlarini kiritsa bo‘ldi;
  • Layfxak: mabodo kimdir pasporti va diplomini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsa va yangisini olishga ulgurmasligiga ko‘zi yetsa, unda onlayn hujjat topshirsin. Hech kimga hujjat ko‘rsatish shartmas, raqamlarini bilsangiz kifoya. Imtihonga esa pasport stoldan olingan vaqtinchalik pasport (09-shakl) bilan kirsa bo‘ladi;
  • Yagona portaldan hujjat topshirish xizmati tekin bo‘ladi;
  • Faqat o‘tgan yili tugatgan abituriyentlar Yagona portaldan hujjat topshirmoqchi bo‘lsa, 101.365 so‘m to‘lov qilinadi;
  • Yagona portal orqali avval hujjat topshirganlar yo‘nalishini o‘zgartira olmaydi! Buning uchun qabul komissiyasiga borish kerak;
  • Yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lish kerak, ma'lumotlar noto‘g‘ri kiritilsa, uni portal orqali tuzatib bo‘lmaydi. Buning uchun davlat xizmatlari markaziga borish kerak;

Quyidagi abituriyentlar onlayn hujjat topshira olmaydi:
- alohida imtiyozga ega bo‘lganlar (ya'ni turli mukofot sohiblari, olimpiada g‘oliblari va h.k.);
- fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxslar (masalan, 16 yoshga to‘lmaganlar);
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

Ushbu toifadagilar davlat xizmatlari markaziga shaxsan o‘zlari borishlari shart.

Top