8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:10 / 14.07.2019 15730

Ozarboyjonda 500 yillik chinor shoxi odamlar ustiga tushdi

Foto: Sputnik / Nigar Maharram

Ozarboyjonning Shaki shahrida Shakiy xonlari saroyi yonida o‘suvchi 500 yillik chinorning shoxi odamlar ustiga tushishi oqibatida 19 kishi jabrlandi. Bu haqda Ozarboyjon sog‘liqni saqlash vazirligida ma'lum qilindi.

Jabrlanuvchilar orasida 2 nafar rossiyalik va 5 nafar suriyalik bo‘lgan. 4 kishi og‘ir ahvolda.

Daraxt shoxi kuchli shamol oqibatida sinib, saroy hududi bo‘ylab aylanib yurgan odamlar ustiga tushgan. Ta'kidlanishicha, singan shoxning diametri 50 santimetrni tashkil qilgan. 

Voqea joyiga mamlakat bosh prokuraturasi, ekologiya, favqulodda vaziyatlar va madaniyat vazirliklari xodimlari chiqishgan. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Shakiy xonlari saroyi Ozarboyjonning XVIII asrga mansub eng qimmatli yodgorliklaridan hisoblanib, 1761-1762 yillarda Husayn-xon Mushtodning yozgi qarorgohi sifatida qurilgan.

Shaki shahrining tarixiy qismi va saroy YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Top