18:31 / 15.07.2019
34391

18 yoshli yaponiyalik «Real» mashg‘uloti vaqtida barchani hayratlantirdi

Foto: Getty Images

Yaponiyalik 18 yoshli futbolchi Takefusa Kubo «Real» mashg‘uloti vaqtida o‘z texnikasi bilan barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Yaponiyalik futbolchi madridliklar klubining asosiy jamoasi bilan mashg‘ulotlarda qatnashdi va jamoadoshlari hamda murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirdi.

Kubo «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo shu yil yozida u katalonlar jamoasining prinsipial raqibi safiga o‘tdi. Ispan nashrlari ma'lumotiga ko‘ra, forvard uchun  2 mln yevro to‘langan.

Yozda ushbu yosh futbolchi Yaponiya terma jamoasida debyut qildi, u Salvadorga qarshi o‘yinning 67-daqiqasida maydonga tushdi va bu borada terma jamoaning ikkinchi eng yosh debyutanti bo‘ldi (undan oldin Daysuke Itikava 17 yoshu 322 kunligida asosiy terma jamoa safida birinchi o‘yinini o‘tkazgandi). 

«Tokio» safida Kubo 30 o‘yinda maydonga tushgan va 6 gol urib, 4 golga uzatma bergan, u shuningdek «Yokogamu F. Marinos» safida 6 o‘yinda maydonga tushib, bir gol va bir golli uzatma muallifiga aylangan.

Top