15:15 / 15.07.2019
9524

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlarining murojaati tayyorlanmoqda

MDH davlatlari ekspertlari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlarining murojaati matnini tayyorlamoqda. Bu haqda hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 15 – 16 iyul kunlari Minskda MDH ijroiya qo‘mitasida MDHga a'zo davlatlar rahbarlarining Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan murojaati loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Hujjatda ushbu urushda vatan himoyasi uchun hayotini qurbon qilganlar xotirasiga ehtirom bildiriladi va frontda hamda front ortida xizmat qilgan bugungi kunda hayot bo‘lganlarga minnatdorlik bildiriladi.

Ta'kidlanishicha, "murojaat loyihasida tarixni soxtalashtirish, hamdo‘stlik davlatlari xalqlarining fashizm ustidan g‘alaba qozonishdagi rolini unutish yoki kamsitishga urinish qoralanadi hamda jahon hamjamiyati natsizm mafkurasini qayta tiklash uchun urinishlarga, ksenofobiya va irqchilik targ‘ibotiga qarshi turishga chaqiriladi".

Top