12:00 / 15.07.2019
9297

Olmazor tumanidagi uchta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 13 iyul kuni soat 16:33da Toshkent shahar YoXB Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Olmazor tumani M.G‘olib 3-tor ko‘chasida 6- va 4-uy hamda Nozimaxonim 1-tor ko‘chasidagi 2-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qilmoqda.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:41da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 17:03da qurshab olinib, soat 17:21da bartaraf etilgan. 

Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Yong‘in haqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘inning maydoni kengayib ketgani ma'lum bo‘lgan. Yong‘in joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. 

Yong‘in oqibatida 6-uyning ichki va tom qismi 150 kv.m. maydonida yonib, yong‘inni tarqalishi natijasida 4-uyning tom qismi 25 kv.m. va Nozimaxonim 1-tor ko‘chasi 2-uyning tom qismi 25 kv.m. maydonda yongan. Yong‘indan 4-sonli uyning 100 kv.m. va 2-sonli uyning 100 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. 

Yong‘in M.G‘olib 3-tor ko‘chasi 6-uyda elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Top