19:12 / 15.07.2019
6586
«Yuventus» Remsi taqdimotini o‘tkazdi

«Yuventus» klubi uelslik yarimhimoyachi Aaron Remsi taqdimotini o‘tkazdi.

28 yoshli futbolchi erkin agent maqomida turinliklar safini to‘ldirdi. Iyun oyida uning «Arsenal» bilan imzolagan shartnomasi nihoyasiga yetgan edi.

Uelslik futbolchi bilan 2023 yil yozigacha shartnoma tuzilgan. U yangi klubida 8-raqamli futbolkada to‘p suradi.

«Yuventus»ga o‘tganimdan juda faxrlanaman. Yangi jamoam tarkibida shug‘ullanishni intiqlik bilan kutmoqdaman. «Yuventus» menga taklif jo‘natganida xuddi tush ko‘rayotganimdek tuyulgandi. Bu men uchun katta chorlov. Jarohatdan tiklanib olish jarayoni yaxshi ketmoqda, kundan kunga sog‘lig‘im yaxshilanyapti», — deb Remsi so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Top