10:20 / 16.07.2019
18253

Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga hujjatlar qabul qilish davom etmoqda. Hujjatlarni elektron pochta orqali ham yuborish mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ–4311-sonli “Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filiali tashkil qilindi.

2019/2020 o‘quv uchun Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘qishga qabul qilinadi:

Hujjatlar 2019 yil 15 iyuldan 15 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi hamda kirish imtihonlari 20-30 avgust kunlari o‘tkaziladi.

O‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish hamda kirish imtihonlarini o‘tkazish O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti binosi va uning sport bazalarida amalga oshiriladi. (Manzil, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uy).

O‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshirilib, quyidagi fanlar bo‘yicha sinovlar o‘tkaziladi: rus tilini bilish darajasi va kasbiy (ijodiy) imtihonlar. Rus tilidan imtihon sinovlari suhbat ko‘rinishida va kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tanlangan sport turlari bo‘yicha umumiy jismoniy taryorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik va suzish bo‘yicha imtihon sinovlari o‘tkaziladi.

Oliygohda ta'lim Rossiya Federatsiyasi federal ta'lim standartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va ta'lim dasturlari asosida rus tilida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Abituriyentlar qabul hay'atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • ta'lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • umumiy o‘rta ta'limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;
  • pasport (16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
  • 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat.

Ariza shakli oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadi.

Abituriyent tomonidan pasport (16 yoshga to‘lmaganlar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.

Ma'lumot uchun, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabul qilinadi va Rossiya Federatsiyasining Fan va ta'lim sohasini nazorat qilish federal xizmatidan litsenziya olinguniga qadar o‘qishni ushbu ta'lim muassasasida davom ettiradilar.

Lisenziya olinganidan so‘ng, ushbu talabalarning o‘qishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri filialga ko‘chiriladi va o‘qishni o‘sha yerda davom ettiradilar.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun telefonlar:

(71) 242-30-84, (90) 533-33-73, Tursunaliyev Ilxomjon.

Hujjatlarni quyidagi elektron pochtaga yuborish orqali ham topshirish mumkin: filialrgufksmit@mail.ru

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top