22:16 / 16.07.2019
5070

Rostov-Don shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi

16 iyul kuni Rostov-Don shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilishi marosimi o‘tkazildi.

Tantanali marosimda Rostov oblasti gubernatori Vasiliy Golubev, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Mazkur Bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrugi kiradi.

Rostov-na-Don shahridagi Bosh konsulxona O‘zbekistonning Rossiyadagi oltinchi konsullik muassasasi bo‘ldi – avvalroq Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok va Qozon shaharlarida konsulxonalar ochilgandi.

Mavzuga oid
Top