14:29 / 17.07.2019
7239

IIV: 61 000 dollarga aldab ketgan ayol qo‘lga olindi 

Joriy yil 16 iyul kuni Toshkent shahar IIBBga hujjat to‘plamlari tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, shu yil 27 may kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 34 yoshli I.N. ismli ayol o‘zi rahbarlik qilayotgan MChJ binosida Buxoro tumanida yashovchi 32 yoshli A.N.ga “Umra” safariga ketgan 24 nafar fuqarolarni Saudiya Arabistonida joylashgan mehmonxonaga joylashtirish uchun pul kerakligini, pulni tez kunda qaytarishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 61 000 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.N. ismli ayol qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top