08:20 / 17.07.2019
5499

Isroillik Gidi Kanyuk «Paxtakor»ga qaytdi

Dushanbadan boshlab «Paxtakor» futbolchilari «Jar» stadionida mashg‘ulot o‘tkazishga kirishishdi.

Klub rasmiy saytiga ko‘ra, huquqiy jihatdan «Paxtakor»ga tegishli isroillik Gidi Kanyuk ham mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. U bilan 2017 yil yozida shartnoma imzolangan, 2018 yil yanvarida Tel-Avivning «Makkabi» klubiga, o‘sha yil iyulida esa Petax-Tikvaning «Makkabi» jamoasiga ijaraga berilgan edi.

«Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladzening ilk transferi bo‘lgan Kanyuk «sherlar» safida 14ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol va 7ta golli uzatmaga muallif bo‘lgandi.

Shuningdek, «sariq-ko‘klar»ning umumiy mashg‘ulotlarida Sadriddin Abdullayev ham shug‘ullanmoqda.

20 iyul kuni «Paxtakor» stadionida OKMKga qarshi nazorat bahsini o‘tkazish rejalashtirilgan.

I

Top