14:30 / 17.07.2019
88764

JCh-2022 saralashi qur'asi: O‘zbekistonning raqiblari ma'lum bo‘ldi

OFKning Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida 2022 yilgi Jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogining saralash musobaqasi 2-bosqichiga qur'a tashlandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi qur'ada Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalari bilan birga «D» guruhidan joy oldi.

Qur'a natijalari quyidagicha:

«A»: Xitoy, Suriya, Filippin, Maldiv, Guam
«B»: Avstraliya, Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Kuvayt, Nepal
«C»: Eron, Iroq, Bahrayn, Hongkong, Kamboja
«D»: Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Falastin, Yaman, Singapur
«E»: Qatar, Ummon, Hindiston, Afg‘oniston, Bangladesh
«F»: Yaponiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Myanmar, Mo‘g‘uliston
«G»: BAA, Vetnam, Tailand, Malayziya, Indoneziya
«H»: Janubiy Koreya, Livan, KXDR, Turkmaniston, Shri-Lanka

2-bosqich o‘yinlari shu yil 5 sentyabrdan boshlanib, 2020 yil iyunigacha davom etadi. Yakunda 8ta guruh g‘oliblari va 2-o‘rin egalaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4ta jamoa (jami 12ta terma) JCh saralashining keyingi bosqichiga chiqadi va Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Taqvimga asosan, O‘zbekiston milliy jamoasi saralashni 5 sentabr kuni safarda Falastinga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

10 sentyabrga belgilangan 2-tur bahslarida esa Ektor Kuper jamoasi qatnashmaydi. Oktabr oyida Yaman, noyabrda esa Saudiya Arabistoni va Falastin termalari Toshkentda mehmon bo‘ladi.

So‘nggi turda guruh favoritlari to‘qnashuvi kuzatiladi – 2020 yil iyunida O‘zbekiston Saudiya Arabistoni mehmoni bo‘ladi.

5 sentabr
Falastin – O‘zbekiston
Singapur – Yaman

10 sentabr
Yaman – Saudiya Arabistoni
Singapur – Falastin

10 oktabr
O‘zbekiston – Yaman
Saudiya Arabistoni – Singapur

15 oktabr
Singapur – O‘zbekiston
Falastin – Saudiya Arabistoni

14 noyabr
O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni
Yaman – Falastin

19 noyabr
O‘zbekiston – Falastin
Yaman – Singapur

2020 yil, 26 mart
Saudiya Arabistoni – Yaman
Falastin – Singapur

31 mart
Yaman – O‘zbekiston
Singapur – Saudiya Arabistoni

4 iyun
O‘zbekiston – Singapur
Saudiya Arabistoni – Falastin

9 iyun
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston
Falastin – Yaman

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi JCh 2022 yilning noyabr-dekabr oylariga belgilangan. Mundialdan so‘ng ko‘p o‘tmay, 2023 yil yanvarida Xitoyda Osiyo kubogi start oladi.

Ma'lumot uchun, joriy saralash – O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionati yo‘lidagi 6-urinishidir. Bundan avvalgi beshta urinishning barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan.

1997 yildan buyon mundial uchun kurashib kelayotgan O‘zbekiston JCh saralashlarida jami 94 ta o‘yin o‘tkazgan.

Bu o‘yinlarning 49tasi g‘alaba, 19tasi durang va 26tasi mag‘lubiyat bilan tugagan. To‘plar nisbati: 175-95.

Top