17:17 / 17.07.2019
23521

Kuper O‘zbekistonning JCh saralashidagi guruhi haqida fikr bildirdi

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper JCh-2022 2-saralash bosqichiga tashlangan qur'a haqida fikr bildirdi. Kuperning aytishicha, u guruhdagi barcha jamoalarga hurmat bilan qaraydi.

«Qur'a qanday jamoalarni taqdim etishini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi. Shu sababdan har qanday raqib bilan to‘qnash kelishga tayyor turish lozim bo‘ladi. Jahon chempionati saralashi ikkinchi bosqichi qur'asi bizga taqdim etgan raqiblarning barchasi o‘ziga yarasha kuchli jihatlarga ega ekanini ta'kidlay olaman.

Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi. Guruhimizdan o‘rin olgan har bir raqibni hurmat qilgan holda uchrashuvlarga hozirlik ko‘ramiz. O‘zbekiston terma jamoasi barcha uchrashuvlarda mazmunli o‘yin namoyish etib, yakunda keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushadi»,- deb murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda O‘FA rasmiy sayti.

Top