12:20 / 17.07.2019
14712

Nefrit ko‘llari O‘zbekistonning qo‘riqlanuvchi tabiiy obektlari ro‘yxatiga kiritilishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ

16 iyul kuni O‘zbekistonning Ekologiya partiyasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi ostida Nefrit ko‘llari va uning atrofidagi hududlar ahvolini baholash uchun O‘ring‘ochga ekspertlar guruhini yo‘lladi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Tohir Soliyevning xabar berishicha, hozirda Ekologiya partiyasi tomonidan Nefrit ko‘llari va uning atrofidagi hududlar himoyasi, shuningdek bu hududlarni O‘zbekistonning ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e'tirof etishga yo‘naltirilgan qonun loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritishga doir ishlar olib borilmoqda. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Ta'kidlanishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi Nefrit ko‘llarini ifloslanishdan himoyalash va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Top