19:40 / 17.07.2019
23715

Rossiyaning Samara oblastida 46 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi 

Foto: Izvestiya

Rossiyaning Samara oblasti, Sizran tumanida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining zaharlanishi yuzasidan tergovgacha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi ma'lum qildi. 

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 60 nafar o‘zbekistonlik Koshelevka qishlog‘iga qishloq xo‘jaligi ishlariga kelgan. Ular chekkaroqda yashab, o‘zlariga ovqat tayyorlab yurishgan. 16 va 17 iyulda 46 erkak zaharlanish bilan shifoxonaga tushgan, ularning ahvoli yengil va o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda. 

Ularning zaharlanishi tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Mavzu
Migrantlar fojiasi
Xorijda mehnat qiluvchi o‘zbekistonliklar turli baxsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lishi holatlari davom etmoqda
Barchasi
Top