08:00 / 18.07.2019
8829

Pentagon: Turkiyani NATOdan istisno qilish qarorini alyansning o‘zi qabul qilishi kerak 

Foto: CC BY 2.0 / La Citta Vita / Pentagon

Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilgandan keyin NATO a'zosi bo‘lib qolishi yoki qolmasligini alyansning o‘zi qabul qilishi lozim, bu AQShning huquqiga kirmaydi. Bunday fikrni Pentagon rahbari o‘rinbosari Devid Traxtenberg bildirdi.

Avvalroq OAVda Turkiya AQShning F-35 qiruvchi samolyotlari o‘rniga S-400 majmualarini afzal ko‘rgani uchun NATO a'zoligidan mahrum bo‘lishi mumkinligi haqida axborot paydo bo‘lgan. Oq uyda Turkiya tomonidan S-400’ning xarid qilinishi AQShning F-35 samolyotlari xaridini imkonsiz qilishi aytilgandi.

Shu bilan birga, Traxtenbergning aytishicha, F-35 bo‘yicha qarorga qaramay, AQSh Turkiya bilan Gruziya, Germaniya va Ukrainada birgalikdagi mashg‘ulotlarni davom ettiradi.   

Turkiya tashqi ishlar vazirligida, o‘z navbatida, AQShning Anqarani F-35 samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan istisno qilishi bir tomonlama va noqonuniy qadamligi, u ikki davlatning strategik munosabatlariga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazishi aytilgan.

Mavzuga oid
Top