15:53 / 18.07.2019
17547

Peterburgda o‘zbekistonlik ikki ayol 12 yilga qamalishi mumkin. Ular bola o‘g‘irlashda ayblanmoqda

Illyustrativ foto

Peterburgning Krasnoselskiy tuman sudiga bir yoshli bolani o‘g‘irlab ketish holati bo‘yicha ish ko‘rib chiqish uchun yuborildi. O‘zbekistonlik ikki muhojir ayol ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda, deya xabar beradi mahalliy ommaviy axborot vositalari.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda ayollar homilador bo‘lgan vatandoshiga pul evaziga yordam berishga rozi bo‘lishgan. Bo‘lajak ona farzandini tarbiyalashni istamagan va undan voz kechishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Peterburg prokuraturasi.

Rejaga ko‘ra, ayollar bolani shifoxonadan chiqarilgandan keyin olishi hamda uni boshqa odamlarga pul evaziga berishi kerak bo‘lgan. Biroq, o‘zbekistonlik ayol tug‘ruq jarayonidan so‘ng o‘z qarorini o‘zgartirib, bolani bermagan.

Muhojir ayollar oldindan tuzilgan rejadan voz kechishni xohlashmagan. Ayollar bolani o‘g‘irlab, uni yashirishgan.

Endi ular 12 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top