20:10 / 18.07.2019
11535

Turkiya F-35 qiruvchilarini ishlab chiqarish dasturidan chetlashtirildi

Vashington Anqaraning F-35 qiruvchilarini ishlab chiqarish dasturida ishtirok etishini taqiqladi. Taqiq sababi – Turkiya hukumatining Rossiyada ishlab chiqarilgan S-400 zenit raketa majmualarini sotib olishi, deyiladi Oq uy bayonotida.

Hujjatda ta'kidlanishicha, Amerikaning F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlaridan Rossiya josuslik texnikasi bilan yonma-yon foydalanib bo‘lmaydi. S-400 tizimini sotib olish NATO a'zolarining Rossiya qurollanish tizimlarini sotib olmaslik majburiyatiga putur yetkazadi.

Pentagonning ma'lumot berishicha, Turkiyaning F-35 qiruvchilarini ishlab chiqarish dasturidan chiqishi uning to‘qqiz milliard dollarga yaqin investitsiyani ololmasligini bildiradi. Ishlab chiqarishning Turkiyadan ko‘chirilishi AQShga 500-600 million dollarga tushadi.

Avvalroq AQSh Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotmasligini ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top