13:07 / 18.07.2019
25581

Yangiyo‘lda mudhish YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 17 iyul kuni soat 05:30larda Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 27 yoshli D.N. boshqaruvidagi Opel Omega rusumli avtomashinasini Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani Chortoq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Quyi Chirchiq-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi 62 yoshli A.I. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Opel Omega avtomashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchisi, Sergeli tumanida yashagan 22 yoshli A.U. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top