9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

17:07 / 19.07.2019 14691

AQSh harbiylari Eronga tegishli dronni urib tushirishdi

Foto: REUTERS/U.S. Navy/Mass

AQSh harbiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Eronga tegishli dronni urib tushirishdi. Donald Trampning aytishicha, AQShga tegishli USS Boxer kemasidagi harbiylar dronni ko‘p marta ogohlantirgandan so‘ng urib tushirishgan. Prezidentning aytishicha, dron himoya harakati sifatida urib tushirilgan.

Eronga tegishli bo‘lgan razvedka droni AQSh harbiylari bo‘lgan USS Boxer kemasiga 900 metrgacha yaqinlashgan. Dron kemaning xavfsizligiga tahdid qilarli darajada yaqin kelgani uchun otib tushirilgan.

«Bu Eronning xalqaro suv hududlarida qilgan navbatdagi provakatsiyasi. AQSh o‘z fuqarolari va qarashlarini himoya qilish huquqiga ega»,- deydi qolgan davlatlarni ham o‘zini bunday provakatsiyalardan himoya qilishga chaqirgan Tramp o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Eron tomoni esa o‘ziga tegishli dron urib tushirilganidan xabari yo‘qligini ma'lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, 20 iyun kuni Eron AQShga tegishli bo‘lgan razvedka dronini aynan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustida urib tushirgandi.

Top