9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

13:40 / 19.07.2019 2037

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kirishga chek qo‘yildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqarolar R.K., X.X. va X.F.larning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxslar xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ularning yuklari orasidan bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan umumiy qiymati 15,4 million so‘mga teng bo‘lgan 969 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top