11:57 / 19.07.2019
10768

Uchtepa tumanida birinchi Street workout sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “O‘tkir” mahallasida tumanda birinchi bo‘lib Street workout sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, “O‘tkir” mahallasida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha kitobxonlik to‘garagi tashkil etildi. 

Mahalladagi bolalar bo‘sh vaqtlarida kelib, o‘zlari xohlagan kitoblarini mutolaa qilishlari mumkin.

Street workout nima? Bu ko‘chada o‘z tanangizni rivojlantirish bo‘yicha mashqlar. Deyarli har bir narsani snaryadlar va trenajyorlar sifatida ishlatish mumkin: bruslardan boshlab boshqa mashq qilinuvchi «vorkauter»gacha.

Uchtepa tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tez orada tuman hududida street workout bilan shug‘ullanish uchun 20ta maydoncha barpo etiladi.

Top