9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:30 / 20.07.2019 8244

«Toshkent - Navoiy» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi 

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

“Toshkent” avtovokzalidan “Toshkent-Navoiy” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 20 iyuldan e'tiboran Uzautotrans Servise korxonasi Toshkent va Navoiy shaharlari o‘rtasida muntazam avtobus qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. 

Xabarda ta'kidlanishicha, ushbu yo‘nalish masofasi 495.1 km.ga teng bo‘lib, qatnovlar Toshkent avtovokzalidan soat 8:30da va 14 :00da amalga oshirilmoqda.  

Ushbu yo‘nalishda chipta narxi 50 000 so‘m etib belgilangan, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Toshkent - Jo‘sh yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.

Top