18:43 / 20.07.2019
4617

Toshkent viloyati hududida harakat xavfsizligi oyligi boshlandi

Toshkent viloyati hududida 20 iyul kunidan 20 avgust kuniga qadar viloyat hududida “Harakat xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. 

Oylik viloyat hududida harakatlanish xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, bu ishlarga mutasaddi korxona va tashkilotlarni e'tiborini yanada ko‘proq qaratish hamda keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida viloyat hokimligining farmoyishi asosida o‘tkazilmoqda.

Ushbu farmoyishda “Harakat xavfsizligi oyligi”ning asosiy vazifalari  va tegishli mutasaddi korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ham belgilab berilgan. 
  
Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi barcha fuqarolarni ushbu oylikda faol ishtirok etishlarini so‘raydi.

Top