9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:20 / 21.07.2019 7597

«Gigantlar» soliqlarni pul ishlab topayotgan joyida to‘laydi

Foto: Getty Images

Google, Amazon va Facebook kabi yirik xalqaro kompaniyalar ofislari boshqa davlatda joylashgan bo‘lsa ham soliqlarni pul ishlayotgan mamlakatlarda to‘lashlari kerak. “Katta yettilik” mamlakatlari moliya vazirlari va milliy Markaziy bank rahbarlari aynan shu qarorga kelishgan, deya xabar bermoqda ru.euronews.com.

“Yettilik” vakillari xususiy kompaniyalarni minimal soliqqa tortish haqida kelishib olishdi. Mamlakatlar davlatlar o‘rtasidagi soliq borasidagi agressiv raqobat, soliq dempingi, va ayrim kompaniyalar tomonidan soliqdan qochish maqsadida o‘ylab topiladigan optimizatsiyaga chek qo‘yish haqidagi qarorlarini tasdiqlashdi”, - deya ma'lum qildi Fransiya moliya vaziri Bruno Lyo Mer.

Uchrashuv ishtirokchilari kriptovalutalar maksimal darajada qat'iy nazorat qilinishi kerakligi haqida kelishib olishdi. Vazirlar steyblkoin – volatillik bilan tasdiqlanmagan kriptovalutalarga alohida e'tibor qaratishdi. Facebook kelasi yili muomalaga chiqarishni rejalashtirayotgan Libra ham ana shundaylar turiga mansub.

“Bugungi kun steyblkoinlarni xalqaro darajada muvofiqlashtirish yo‘lidagi qadam bo‘ldi. Gap innovatsion konsepsiyalarni aqlsizlarcha bosish haqida emas, biz texnologik ishlanmalar uchun ochiqmiz, steyblkoinlar esa iqtisodiy rivojlanish borasidagi imkoniyatlarni taqdim etadi. Xavotir uchun sabab yo‘q, biroq ogoh bo‘lish zarur”,-deydi 
Germaniya Federal banki rahbari Yens Vaydman

Vazirlar Facebook’ni pullar yuvilishiga qarshi kurashish borasidagi qonunchilikka rioya etishga chaqirdi va internet-gigantidan tranzaksiyalar xavfsizligini ta'minlash va foydalanuvchilar ma'lumotlari himoyasini ta'minlashni talab etdi.

Avvalroq Facebook’ning raqamli valutasi – libra dunyodagi yirik tashkilotlardan biriga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Top