9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

15:10 / 21.07.2019 4755

O‘zbekistonga kislota olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi

Bojxona organlari mamlakatimiz chegaralari orqali giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib o‘tilishi ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi.

Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari respublikamizga olib kirilishi taqiqlangan perekursorni o‘z vaqtida to‘xtatib qolishdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Unda xorijdan mamlakatimizga kirib kelayotgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, mazkur avtoulov kabinasining ichki qismida 30 litrlik yelim idishda o‘tkir hidli, rangsiz suyuq modda borligi aniqlandi.

Olib borilgan tekshiruvlar natijasida mazkur ashyoviy dalilning xlorid kislotasi ekanligi o‘z isbotini topdi.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. 

Top