09:30 / 21.07.2019
13086
Xalqaro chempionlar kubogi. «Real» «Bavariya»ga yutqazdi, «Arsenal» ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi

Xalqaro chempionlar kubogida Myunxenning «Bavariya» klubi Madridning «Real» klubini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. AQShning Hyuston shahridagi NRG-stediumda bo‘lib o‘tgan uchrashuv nemislar jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 15-daqiqasidayoq Korentin Tolisso hisobni ochdi, tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi, 67-daqiqada esa Robert Levandovski jamoasining ikkinchi golini urdi, ikki daqiqa o‘tib Serj Gnabri hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 3:0.

81-daqiqada «Bavariya» bir kishi kam bo‘lib qoldi, Sven Ulrayx maydondan chetlatildi.

O‘yin oxirida, 85-daqiqada Rodrigo madridliklarning yagona javob golini urishga erishdi. 

Londonning «Arsenal» klubi «Fiorentina» ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. AQShning Sharlotta shahridagi «Bank of Amerika» stadionida 74 ming tomoshabin qarshisida kechgan uchrashuvda londonliklarning yosh futbolchilari o‘zlarini ko‘rsatishdi. 

O‘yinning 15-daqiqasida Edvard Nketia o‘yindagi birinchi golni urdi. Ikkinchi bo‘lib boshida inglizlar klubi hujumchisi dublni rasmiylashtirdi, 89-daqiqada esa Jozef Uillok hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Qayd etish kerakki, Nketia uch kun muqaddam ushbu turnir doirasidagi ilk uchrashuvda Myunxenning «Bavariya» klubi darvozasiga g‘alaba golini urgandi.

«Bavariya» birinchi turda «Arsenal»ga 1:2 hisobida yutqazgandi, «Real» uchun esa myunxenliklarga qarshi o‘yin turnirdagi birinchi o‘yin bo‘ldi.

«Bavariya» 24 iyul kuni «Milan»ga qarshi o‘ynaydi, «Real» shu kuni «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi, 27 iyul kuni esa «Atletiko» bilan derbi o‘yini kutmoqda. Fiorentina» 25 iyul kuni «Benfika»ga qarshi maydonga chiqadi.

International Champions Cup 
«Bavariya» – «Real» 3:1
 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 15 Tolisso, 2:0 – 67 Levandovski, 3:0 – 69 Gnabri, 3:1 – 84 Rodrigo.
Bavariya – Noyyer (Ulrayx, 46), Kimmix, Alaba (Tsayzer, 73; Xoffmann, 83), Boateng, Tolisso (Singx, 72), Martines (Zyule, 46), Sanshesh (Pavar, 46), Alkantara (Goretska, 59), Koman (Devis, 59), Myuller (Levandovski, 46), Arp (Gnabri, 46).
Real Madrid – Kurtua (Navas, 46), Varan (Adri, 46), Ramos (Nacho, 46), Marselo (Mendi, 46), Karvaxal (Xavi, 46), Modrich (Seoane, 46), Isko (Rodrigo, 46), Asensio (Vaskes, 46), Kroos (Kubo, 46), Azar (Vinisius Junior, 46), Benzema (Yovich, 46).
Ogohlantirishlar: Kimmix (51), Goretska (90).
Chetlatish: Ulrayx (81).

«Arsenal» – «Fiorentina» 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 15 Nketia, 2:0 – 65 Nketia, 3:0 – 89 Uillok.
Arsenal – Martines (Leno, 46), Jyenkinson (Chaka, 80), Chembers (Mxitaryan, 63), Monreal (Martinelli, 80), Kolashinats (Lyakazett, 46), Olayinka (Papastatopulos, 63), Nelson (O‘zil, 79), Burton (Tompson, 80), Mustafi (Medli, 80), Nketia (Meytlend-Naylz, 80), Saka (Uillok, 63).
Fiorentina – Drongovski (Terrachchano, 46), Terzich (Baes, 72), Raneri (Milenkovich, 72), Venuti (Koffi, 84), Chekkerini (Xristov, 83), Kastrovilli (Jurkovski, 46), Benassi (Gansko, 72), Saponara (Esserik, 72), Kristoforo (Beloko, 84), Sottil (Lakti, 84), Vlaxovich (Simeone, 72).
Ogohlantirishlar: Saponara (43), Terrachchano (56), Mxitaryan (64), Meytlend-Naylz (82), Chaka (90).

Top