09:32 / 22.07.2019
13091

44 750 000 so‘mlik 62 bosh qo‘yni o‘g‘irlab ketgan 28 yoshli shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2019 yil 19 iyul kuni Navoiy viloyatining Konimex tumanida yashovchi 61 yoshli I.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 18 iyul kuni soat 03:00 dan 04:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs Urajon ovulining dala maydonida qarovsiz qoldirilgan umumiy qiymati 44 750 000 so‘mlik 62 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nurota tumani G‘ozg‘on mahallasida yashovchi 28 yoshli I.I. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top