17:04 / 22.07.2019
7009

Hindiston orbitaga oy stansiyasini olib chiqdi

Foto: Arun Sankar/Agence France-Presse - Getty Images

Uch bosqichli GSLV Mk-III raketasi Hindistonning Chandrayaan 2 ("Chandrayan-2") oy stansiyasini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Stansiya 48 kundan so‘ng Oy sathiga lunoxodli modulni yetkazadi, deb xabar berdi Hindiston kosmik taqdiqotlar tashkiloti.

"Chandrayan-2" missiyasi muvaffaqiyatli amalga oshiriladigan bo‘lsa, Hindiston SSSR, AQSh va Xitoydan so‘ng Oy yuzasiga o‘z kosmik apparatini qo‘ndirgan to‘rtinchi davlatga aylanadi.

Modulning Oy sathiga qo‘nishi 7 sentyabrga mo‘ljallanmoqda.

Dastlab oy stansiyasini uchirish 15 iyulga mo‘ljallangandi, ammo startga bir soat qolganida nosozlik aniqlanib, parvoz qoldirilgandi.

 

Top