11:00 / 22.07.2019
6471

«Poytaxt» biznes markazidagi xonalardan birida yong‘in kelib chiqdi

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

2019 yil 21 iyul kuni soat 16:34da, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi 16-uy, “Poytaxt” biznes markazining 10-qavatida joylashgan Sitizen mehmonxonasining xonalaridan birida, Padiron rusumli konditsioner tashqi bloki yongan. 

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:36da yetib borgan. Yong‘in bo‘linmalar yetib kelgunga qadar, mehmonxona xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in elektr simlarning ortiqcha kuchlanishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.  

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlari, shuningdek, fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishlarini so‘ragan.

Mavzuga oid
Top