23:43 / 23.07.2019
8655

AQSh Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Floridadagi chiqishi vaqtida Vashington Xitoy kompaniyasiga Eron neftini sotib olgani uchun sanksiyalar kiritishini ma'lum qildi.

Pompeoning ta'kidlashicha, Xitoy kompaniyasi neft qabul qilib AQSh qonunlarini buzgan. Davlat kotibining ma'lum qilishicha, sanksiyalar Eronga maksimal bosim ko‘rsatish kampaniyasi doirasida kiritilgan.

AQSh moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, sanksiyalar ostiga Zhuhai Zhenrong Company Limited kompaniyasi va uning bosh direktori Li Yumin tushgan.

Avvalroq Bloomberg axborot agentligi Xitoy portlarining bojxona omborlariga tankerlardan millionlab barrel neft tushirilayotganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, bu AQSh sanksiyalariga zid emas, chunki neft bojxona chegarasini kesib o‘tmaydi va import haqidagi ma'lumotlarda aks etmaydi.  

Top