16:30 / 23.07.2019
22114

Boris Jonson – Buyuk Britaniyaning 77-bosh vaziri

Buyuk Britaniyada bosh vazirlik uchun saylovlar natijasi e'lon qilindi.

Natijalarga ko‘ra, sobiq tashqi ishlar vaziri va London shahrining sobiq meri Boris Jonson Birlashgan Qirollikning 77-bosh vaziri etib saylandi. Saylov natijalari jonli efirda e'lon qilindi.

Chorshanba kuni amaldagi bosh vazir Tereza Mey vakolatlarini topshirganidan so‘ng Jonson mamlakat bosh vaziri bo‘ladi. Hukumatning amaldagi bosh vazirdan yangisiga rasman topshirilishi Meyning chorshanba kuni parlamentdagi oxirgi sessiyasidan so‘ng bo‘lib o‘tadi.  

Saylovning oxirgi bosqichiga Boris Jonsondan tashqari qirollikning amaldagi Tashqi ishlar vaziri Jyeremi Hant ham yetib kelgandi. Mamlakatda hukmron hisoblangan konservatorlar partiyasi yetakchiligi uchun saylovlarda Boris Jonsonga partiyaning 92 153 nafar vakili ovoz berdi. Jyeremi Hant esa 46 656ta ovoz to‘pladi.

Jonsonning bosh vazirlikka saylanganini qirolicha Yelizaveta II tasdiqlasa, u yangi lavozimga kirishadi.

«Biz Brexit`ni amalga oshiramiz», dedi Jonson saylovlarda g‘olib bo‘lgani e'lon qilingach.

Mavzuga oid
Top