07:54 / 23.07.2019
17844

Dunyoning eng qimmat sport klublari reytingi e'lon qilindi

Foto: Ronald Martinez / Getty Images

Amerika futbol ligasida (amerikancha futbol) ishtirok etuvchi “Dallas Kovboys” klubi Forbes nashri talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmat klubi deb topildi.

Klubning narxi 5 mlrd dollarga baholangan. 

Reytingning 2-o‘rnini “Nyu-York Yankis” beysbol klubi (4,6 mlrd dollar) va 3-o‘rnini Ispaniyaning “Real Madrid” klubi (4,24 mlrd dollar) egallagan. 

Yetakchi beshtalikdan “Barselona” futbol klubi (4,02 mlrd dollar) va AQShning “Nyu-York Niks” basketbol klubi (4 mlrd dollar) o‘rin olgan.

Reytingning yetakchi 50 ta klubi orasidan AQShning Milliy futbol ligasining (amerikancha futbol) 26 ta klubi, Bosh beysbol ligasining 9 klubi, Yevropaning 8 ta futbol klubi va Milliy basketbol uyushmasining 7 ta klubi o‘rin olgan.  

Jumladan, reytingning yetakchi elliktaligiga yana 6 ta futbol klubi: “Manchester Yunayted” (6-o‘rin, 3,81 mlrd dollar), “Bavariya” (17-o‘rin, 3,02 mlrd dollar), “Manchester Siti” (25-o‘rin, 2,69 mlrd dollar), “Chelsi” (32-o‘rin, 2,58 mlrd dollar), “Arsenal” (42-o‘rin, 2,27 mlrd dollar) va “Liverpul” (45-o‘rin, 2,18 mlrd dollar) kiritilgan.

Top