15:25 / 23.07.2019
6080

Hindiston TIV prezident Modi Trampdan Kashmir masalasida vositachilik qilishni so‘ramaganini ma'lum qildi

Foto: AFP 2019 / Saul Loeb

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Kashmir muammosini hal qilishda vositachi bo‘lishini so‘rab AQSh prezidenti Donald Trampga hech qachon murojaat qilmagan. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramaniyam Jayshankar ma'lum qildi.

"Bosh vazir hech qanday iltimos bilan murojaat qilmagan", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ANI agentligi.

Tramp 22 iyulda Oq uyda Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvda Kashmir masalasini tartibga solish bo‘yicha Hindiston bosh vaziri bilan suhbatlashganini, Narendra Modi Trampga bu masalada vositachi bo‘lishni iltimos bilan murojaat qilganini aytgandi.

Donald Tramp shu bilan birga, bu masalada vositachilik qilishga tayyorligini ta'kidlagan.

Hindiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ravish Kumarning so‘zlariga ko‘ra, Kashmir muammosi faqatgina Hindiston va Pokistonning ikki tomonlama muzokaralari orqali hal qilinishi lozim.

Mavzuga oid
Top